Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepada quvurlar yorilishi oqibatida suv toshdi
Holat Shirin chorrahasida bo‘lgan. Mas’ullarga ko‘ra, 2 ta qozonxonada o‘tkazilgan sinov vaqtida issiq suv quvurlari yorilgan. Hozirda muammo bartaraf etilgani aytilmoqda.
Tarmoqlarda Uchtepa tumanining Shirin chorrahasida suv quvurlari yorilib, ko‘chalarda suv toshayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Unda suv tobora ko‘payib, ko‘lmakka aylanib borayotgani ko‘rinadi.
Uchtepa tumani hokimiyatiga ko‘ra, haqiqatan ham Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida muammo yuzaga kelgan. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Aziz Naimovning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, 5- va 9-qozonxona magistral quvurlari bosim ostida tekshirilayotgan vaqtda quvurlar yorilgan.
“Aynan sinov vaqtida yorilgan. Hozirda nosozlik joyi aniqlangan, bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Suv to‘xtatilgan”, – deydi u.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Yunusoboddagi suv o‘tkazgich tarmog‘ida ham nosozlik kuzatilib, ko‘chalarni suv bosgandi. O‘shanda “O‘zsuvta’minot” quvur yorilishi oqibatida 80-85 ming kub metr ichimlik suv yo‘qotilganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
08:13 / 06.05.2025
Uchtepa tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
18:31 / 20.03.2025