Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 6 oy ichida 40 mingga yaqin xorijlik deportatsiya qilindi
Mamlakat rasmiysi buni migratsiya siyosati kuchaytirilayotgani bilan izohladi.
2024 yilning birinchi yarmida «migratsiya qonunchiligini buzgan» 39,5 ming chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Rossiyadan chiqarib yuborildi. Bu haqda Federal sud ijrochilari xizmatiga (FSPP) tayanib «Interfaks» xabar berdi.
Iyun oyida FSPP rahbari Dmitriy Aristov 2023 yilda Rossiyadan 44 ming migrant chiqarib yuborilganini aytgan edi.
«Joriy yilda bu boradagi ishlarimizda sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Atigi besh oy ichida biz 30 ming odamni chiqarib yubordik», dedi u.
Aristov «ishning sezilarli o‘sishini bashorat qildi, chunki mamlakat rahbariyatining qarorlariga muvofiq, migratsiya siyosati kuchaytirilmoqda».
Iyul oyida Rossiya Davlat Dumasi migrantlar bilan bog‘liq bir qancha qonunlarni qabul qildi. Ulardan biri migrantlarga atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish, Rossiyaning tashqi va ichki siyosatiga aralashmaslik, shuningdek, «an’anaviy rus ma’naviy-axloqiy qadriyatlarini, shu jumladan turmush qurish g‘oyasini hurmat qilish» majburiyatini yuklaydi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025