Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti Maduro Ilon Maskka tahdididan keyin Twitter’dagi kumush belgidan ayrildi
Venesuelaning uchinchi muddatga saylangan prezidenti Nikolas Maduro X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) kumush belgisiz qoldi.
Ijtimoiy tarmoq bunday ajratuvchi belgini siyosatchilar va hukumat tashkilotlarining rasmiy akkauntlariga taqdim etadi. Ammo Maduro mazkur ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Maskka tahdid qilganidan keyin bunday belgisidan ayrildi. U avvalroq milliarderni jangga chaqirgandi.
«Ilon Mask, kim menga teng kelmoqchi bo‘lsa — o‘ladi, kim Venesuelaga teng kelishga urinsa — o‘ladi. Ilon Mask urushishni xohlaysanmi? Kel, urushamiz. Ilon Mask, men tayyorman», — degan Maduro.
Maduro va Mask o‘rtasidagi mojaro X tarmog‘ida yuzaga kelgan. Ijtimoiy tarmoq egasi Maduroni diktator deb atagan, bunga javoban Nikolas Maduro Mask o‘zining kosmik raketalari yordamida Venesuelaga bostirib kirmoqchi ekanini ma’lum qilgan.
Avvalroq Venesuelada Milliy saylov kengashi amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduroning g‘alabasini e’lon qilgan prezidentlik saylovlaridan keyin muxolifatchilarning minglab tarafdorlari ko‘chalarga chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Venesueladagi ijtimoiy ziddiyatlarni kuzatish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 20 ta shtatda 187 ta norozilik aksiyasi qayd etilgan.
Mavzuga oid
21:42 / 10.01.2025
AQSh Venesuela prezidenti Maduro haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollar mukofot tayinladi
17:28 / 08.01.2025
Venesuelada AQSh, Kolumbiya va Ukraina fuqarolari bo‘lgan 7 kishi hibsga olindi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
20:30 / 24.09.2024