Jahon | 23:03 / 01.08.2024
6321
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning navbatdagi tinchlik sammitida ishtirok etish imkoniyatiga izoh berildi

Rossiya bo‘lajak sammitda o‘zini qiziqtirgan masalalar muhokama qilinsagina ishtirok etishi ta’kidlandi.

Dmitriy Peskov / Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga «ochiq» ekanini aytdi.

Shu bilan birga, u Ukraina rasmiylariga ishonmasligini va Rossiya ishtirokidagi Tinchlik sammiti tayyorlanmayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga ochiqligini «qayta-qayta e’lon qilgan».

Peskov Ukraina rasmiylari bilan «suhbatlashishga» tayyorligini bildirdi, biroq Kremlga ko‘ra, ularga «ishonib bo‘lmaydi».

«Rossiya muzokaralar haqidagi tushunarsiz munozaralarni ko‘rmoqda, ularga aniqlik kiritilmayapti», dedi Peskov.

Rossiyaning ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etish g‘oyasini izohlar ekan, Peskov «hali Rossiya ishtirokidagi sammit tayyorlanmayotganini» ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bo‘lajak sammitda o‘zini qiziqtirgan masalalar muhokama qilinishiga hali kafolat olmagan.

«Ha, Rossiyani keyingi tadbirga taklif qiliish haqida so‘zlar yangramoqda. Bilasizmi, tadbirda shunchaki ishtirok etilmaydi. Tadbirda aniq kun tartibini muhokama qilish uchun ishtirok etiladi. Hozircha bizga mos keladigan kun tartibi hech qayerda aytilmagan», dedi Peskov.

Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy agar dunyo muzokaralar stolida Rossiyani ko‘rishni istasa, Ukraina bunga qarshi bo‘la olmasligini aytgan edi.

Mavzuga oid