Rossiyaga sayohat qiluvchilar orasida o‘zbekistonliklar birinchi o‘rinda
2024 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston fuqarolari 1,8 million marta Rossiyaga borgan.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) 2024 yilning birinchi yarmida mamlakatga xorijliklar oqimi oshganini ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, shu muddat davomida chet elliklar 7,9 million marta Rossiyaga kirgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,5 foizga ko‘p.
Xorijliklar orasida eng ko‘p O‘zbekiston (1,8 million), Qozog‘iston (1,5 million) va Tojikiston (977 ming) fuqarolari Rossiyaga kirmoqda. Bundan tashqari, Xitoy, Turkmaniston, Turkiya va Germaniya fuqarolari Rossiyaga ko‘proq sayohat qila boshlagan.
2024 yilning birinchi yarmida rossiyaliklar boshqa mamlakatlarga 12,6 million marta sayohat qilgan, bu 2023 yilga nisbatan 9 foizga ko‘p. Eng mashhur yo‘nalishlar Turkiya (2,5 million sayohat), Abxaziya (2,1 million), Qozog‘iston (1,2), BAA (986 ming) va Xitoy (793,5 ming) ekani ta’kidlanmoqda.
Shu bilan birga, Rossiyadan Xitoyga sayyohlar oqimi uch barobar oshgan. Shuningdek, rossiyaliklar Kubaga 60 foiz (80,4 ming sayohat) va Ozarboyjonga 59 foiz (109,5 ming sayohat) tez-tez sayohat qila boshlagan.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024
Rossiyada kartoshka va sariyog‘ narxi ko‘tarilishda davom etmoqda
14:30 / 09.11.2024
Zelenskiy RF bilan xavfsizlik kafolatlarisiz sulh tuzishni rad etdi
13:49 / 09.11.2024