Sport | 10:09 / 03.08.2024
9939
1 daqiqa o‘qiladi
Teddi Riner - 4 karra Olimpiya chempioni bo‘lgan birinchi dzyudochi
Dzyudochi Teddi Riner 2024 yilgi Olimpiadada 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. U finalda koreyalik Kim Min Chonni mag‘lub etdi.
Natijada fransiyalik atlet to‘rt karra Olimpiya chempioni bo‘lgan birinchi dzyudochiga aylandi.
Riner bungacha London-2012, Rio-de-Janeyro-2016 va Tokio-2020 (aralash jamoa)da ham oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, u Pekin-2008 va Tokio-2020 musobaqalarida individual bahslarda bronza medallariga sazovor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Parij-2024da +100 kg vaznda bronza medallarini tojikistonlik Temur Rahimov va O‘zbekiston vakili Alisher Yusupov qo‘lga kiritishdi.
Mavzuga oid
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
21:04 / 07.09.2024
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
14:53 / 06.09.2024
Sportga xarajatlar: kelajak uchun investitsiyami yoki ortiqcha dabdaba?
10:24 / 31.08.2024