Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaga halok bo‘lgan 250 harbiyning jasadi qaytarildi
Huquq-tartibot idoralari vakillari va sud-tibbiyot ekspertlari halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlaydi, shundan so‘ng ular oila a’zolariga topshiriladi.
Harbiy harakatlar paytida halok bo‘lgan 250 nafar harbiy xizmatchining jasadi Ukrainaga qaytarildi, deb xabar bermoqda Harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab matbuot xizmati.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar jasadi qator davlat idoralarining o‘zaro hamkorligi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ko‘magi tufayli qaytarilgan.
Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari repatriatsiya qilingan jasadlar va qoldiqlarni ayrim davlat muassasalariga olib boradi. Huquq-tartibot idoralari vakillari, sud-tibbiyot ekspertlari halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlaydi, shundan so‘ng ular oila a’zolariga topshiriladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025