Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Terens zo‘r bokschi, ammo bugun men yutgandim!» - Madrimov Kroufordga qarshi jangdan keyin revansh so‘radi
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Terens Kroufordga qarshi jangdan keyin mag‘lubiyatni tan olmadi va revansh so‘radi.
«Terens bungacha deyarli barcha janglarini nokaut bilan yutgandi. Bugun esa men oxirigacha munosib kurashdim va jangda g‘alaba qozondim, deb o‘ylayman.
Bugungi jangdan keyin men revansh so‘rayman. Janob shayx al Turkidan revansh jangini tashkil qilishni so‘rab qolaman. Bugun jang nazoratim ostida o‘tganini barcha ko‘rdi. Keyingi janglarni ham shu darajada o‘tkazishga harakat qilaman.
Ha, Terens jahonda zo‘r bokschi, men esa hali 10 ta jang o‘tkazgan edim. Shunga qaramay, Kroufordga qarshi munosib jang olib bordim deb o‘ylayman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. InshaAlloh, hali qaytaman», - deydi Isroil Madrimov jangdan keyin.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov professional faoliyatidagi 11-jangida hakamlar qarori tufayli ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Terens esa 41-jangida ham g‘alaba qozondi va WBA kamarini qo‘lga kiritib, 4 ta vazn toifasida jahon chempioniga aylandi.
Mavzuga oid
01:04 / 23.02.2025
Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi
17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
14:49 / 08.08.2024