Jahon | 09:34 / 05.08.2024
2329
1 daqiqa o‘qiladi

Viyetnam prezidenti To Lam Kompartiya Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi etib saylandi

To Lam sobiq prezidentning «inqilobiy yutuqlariga sodiq qolishga» va’da berdi.

Foto: AP / Nghia Duc

Viyetnam Kommunistik partiyasi (VKP) Markaziy qo‘mitasining plenumida Viyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti To Lam VKP Markaziy qo‘mitasining yangi bosh kotibi etib saylandi.

Lam aytishicha, uning lavozimga kirishishidagi eng muhim vazifa «partiya yetakchiligini ta’minlashning shoshilinch zarurati».

U sobiq prezident va bosh kotib Nguyen Fu Chongning «inqilobiy yutuqlarini meros qilib olishga va ularga rioya qilishga» va’da berdi. Lamning prezident sifatida qolishi yoki qolmasligi noma’lum.

Ko‘p yillar davomida VKP bosh kotibi lavozimida ishlagan Nguyen Fu Chong 19 iyul kuni vafot etdi.

Mavzuga oid