Eron «ko‘rinmas» raketa ishlab chiqarganini e’lon qildi - OAV
Mamlakat ushbu raketalar yuqori portlovchi kuchga ega jangovar kallaklar bilan jihozlanganini ta’kidlamoqda.
Eron Yaqin Sharqda keng ko‘lamli urush boshlanish xavfi kuchayganligi sababli «ko‘rinmas» raketa ishlab chiqardi, deb yozdi The Telegraph.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 9 avgust kuni o‘z harbiy-dengiz kuchlari kuchli portlovchi kallaklar bilan jihozlangan yangi qanotli «ko‘rinmas» raketalar bilan qurollanganini ma’lum qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, Eronning eng qudratli xavfsizlik tashkiloti bayonoti mamlakat HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun qasos olishga va’da berganidan so‘ng mintaqadagi keskinlik kuchaygan paytga to‘g‘ri keladi. Isroil esa bu qotillikda ishtirokini na tasdiqladi, na inkor etdi.
«Hozirgi zamonda omon qolish uchun kuchli bo‘lish kerak, yoki taslim bo‘lish kerak. O‘rta yo‘l yo‘q», dedi gvardiya bosh qo‘mondoni, general-mayor Husayn Salomiy.
«Eron harbiy-dengiz kuchlari ko‘p sonli qanotli raketalarga ega bo‘ldi. Bu yangi raketalar aniqlab bo‘lmaydigan va sezilarli zarar yetkazishi va nishonlarini cho‘ktirishga qodir bo‘lgan kuchli portlovchi kallaklarga ega», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Politico nashri Eron Isroilga hujum qilish rejalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi, chunki AQSh ma’muriyati Yaqin Sharqdagi mojaroning avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilayotgani haqida yozgan edi.
«Tehron dastlab Vashingtonning fikrini rad qilgan edi, endi unga tobora ko‘proq qo‘shilyapti… Rasmiylar Haniyaning o‘ldirilishiga Erondan qandaydir javob kutgan edi. Ammo Tehron fikrini o‘zgartirgan ko‘rinadi va AQSh yaqin orada Isroilga hujum bo‘lishini kutmayapti», deb yozdi nashr.
Mavzuga oid
10:30
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
14:54 / 22.11.2024