O‘zbekiston | 18:59 / 09.08.2024
2166
1 daqiqa o‘qiladi

Georgian Airlines aviakompaniyasi Navoiyga yuk parvozlarini yo‘lga qo‘ydi

Kompaniya Xitoydan Gruziyaga yuk tashuvchi samolyotlarda Navoiyda texnik to‘xtash bilan reyslarni amalga oshiradi.

Foto: Uzbekistan Airports

8 avgust kuni Gruziyaning Georgian Airlines aviakompaniyasi Xaykou (Xitoy) – Navoiy – Tbilisi (Gruziya) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi charter yuk reysini amalga oshirdi.

«Gruziya samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 16:43 da Navoiy aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi», deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

Qayd qilinishicha, Xitoydan Gruziyaga reyslar haftasiga ikki marta Boeing 767-300 yuk tashuvchi samolyotlarida Navoiyda texnik to‘xtash bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Georgian Airlines - Gruziyaning eng yirik xususiy aviatashuvchisi bo‘lib, shtab-kvartirasi Tbilisida joylashgan.

Mavzuga oid