Isroil G‘azodagi maktab binosiga zarba berdi: kamida 100 kishi halok bo‘lgan
Hujum ko‘chirilgan falastinliklarning bomdod namozi vaqtida sodir bo‘lgan.
Genotsidda ayblangan Isroil armiyasi blokada ostidagi G‘azo sektoridagi Ad-Deraj mahallasidagi maktabga hujum qilib, kamida yuz nafar falastinlikning o‘limiga sabab bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralangan.
Falastinning WAFA axborot agentligiga ko‘ra, At-Tabiyin maktabi ko‘chirilgan minglab falastinliklarga boshpana sifatida xizmat qilgan. Otishma bomdod namozi vaqtida sodir bo‘lgan.
Manbalarning qayd etishicha, Isroil havo hujumidan so‘ng jasadlarning kuygan va bo‘laklangan parchalari har tarafga sochilib ketgan, bu esa Fuqarolik mudofaa boshqarmasi guruhlari ishini qiyinlashtiryapti.
Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, havo hujumlari Falastinning Hamas jangchilari qarorgohi sifatida foydalaniladigan At-Tabiyin maktabiga amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024