Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina armiyasi Rossiya hududining 1000 kvadrat kilometr hududini nazorat qilmoqda – Sirskiy
Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy frontdagi mudofaa harakatlari va Kursk viloyatidagi operatsiya haqida ma’lumot berdi.
Ukraina hukumati birinchi marta Qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatiga qilgan hujumiga izoh berdi. Bu haqda Ukraina Oliy bosh qo‘mondonligi shtabining 12 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida so‘z yuritildi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy telegram-kanalida shtab-kvartira yig‘ilishidan video e’lon qilindi. Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni general Oleksandr Sirskiy «frontdagi mudofaa harakatlari va Kursk viloyatidagi operatsiya haqida ma’lumot bergan».
Sirskiy uchrashuv chog‘ida Ukraina harbiylari Rossiyaning qancha hududini nazorat qilayotganini aytgan. «Ayni damda Rossiyaning 1000 kvadrat kilometrga yaqin hududi bizning nazoratimiz ostida», dedi Sirskiy.
Kursk viloyati rahbari Aleksey Smirnov 12 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi 28 ta aholi punktini nazorat qilayotganini aytdi. Shu bilan birga, Ukrainaning OSINT-DeepState loyihasi Ukraina qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi 44 ga yaqin aholi punktini nazorat ostiga olganini da’vo qilmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari 6 avgustdan buyon Kursk viloyatida hujum uyushtirmoqda. Dastlabki kunlarda Ukraina armiyasi bir nechta aholi punktlarini egallab oldi, shundan so‘ng Ukraina Qurolli kuchlarining oldinga siljishi sekinlashdi.
Hujum chog‘ida Ukraina rasmiylari harbiylarning Kursk viloyatidagi harakatlariga ochiq izoh bermadi, Volodimir Zelenskiy esa 8 avgust kuni Rossiya Ukraina tuprog‘iga urush olib kelgani va «o‘z qilmishi qandayligini his qilishi kerak» dedi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025