Germaniya kansleri va Eron prezidenti Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Olaf Shols mintaqaviy mojaro xavfidan xavotirda ekanini bildirdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Germaniya hukumati matbuot kotibi o‘rinbosari Volfgang Byuxnerning yozma bayonotiga ko‘ra, kansler Shols Yaqin Sharqda mintaqaviy to‘qnashuv xavfidan xavotirda ekanligini bildirdi.
Shols prezident Pizishkiyonni harbiy taranglikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga chaqirdi va Yaqin Sharqdagi zo‘ravonlik spiralini zudlik bilan to‘xtatish kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aks holda mintaqa mamlakatlari va xalqlari uchun son-sanoqsiz xavf-xatarlar yuzaga keladi.
Kansler mojaroga barham berish uchun o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuv imkon qadar tezroq yakunlanishi va amalga oshirilishi kerakligini ta’kidladi. Kansler bu mintaqadagi keskinlikni kamaytirishga katta hissa qo‘shishini aytdi.
Mavzuga oid
10:00 / 22.11.2024
GSDP yana Olaf Shols nomzodini GFR kansleri lavozimiga taklif qiladi
15:36 / 18.11.2024
Tryudo Sholsning Putinga qo‘ng‘iroq qilish qarorini qo‘llab-quvvatladi
13:15 / 18.11.2024
Shols: Putinning Ukrainadagi urush haqidagi qarashlari o‘zgarmadi
10:36 / 16.11.2024