Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qo‘lga olingan ayol O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
2024 yildan qidiruvda bo‘lgan, firibgarlikda ayblangan Barno Inoyatova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2024 yildan qidiruvda bo‘lgan Barno Inoyatova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
Istanbuldagi Bosh konsulxona xabariga ko‘ra, 37 yoshli, Bonu taxallusli ayol ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbulda qo‘lga olingan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘ralgan.
Konsulxona jinoiy javobgarlikdan qochib, xorijiy davlatlarda, jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettirilishi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanishi haqida ogohlantirgan.
Shu bilan birga, Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortgani sababli fuqarolardan firibgarlardan ogoh bo‘lishlari so‘ralgan.
Mavzuga oid
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
17:02 / 21.05.2025
Rossiyada migrantlarni mobil ilova orqali kuzatish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
11:15 / 20.05.2025
AQSh «ixtiyoriy deportatsiya» dasturi bo‘yicha dastlabki migrantlarni chiqarib yubordi
10:24 / 20.05.2025