Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda prezident va Olimpiada sovrindorlari uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi
Fransiyadan qaytgan ba’zi sportchilarda COVID-19 borligi aniqlangan.
15 avgust kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Parij Olimpiadasi g‘oliblari va sovrindorlari bilan uchrashishni rejalashtirgan edi. Biroq bu tadbir keyinga qoldirildi, deb xabar berdi Kazinform.
Qozog‘iston prezident matbuot kotibi Berik Uali bergan ma’lumotga ko‘ra, sportchilarda koronavirus aniqlangan.
«Prezident Parij Olimpiadasi sovrindorlari va murabbiylarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. To‘qayev bugun terma jamoa azolari bilan uchrashishni rejalashtirgandi. Afsuski, sportchilar va murabbiylarning yarmida koronavirus aniqlangan. Shuning uchun yig‘ilish qoldirildi. Sportchilar va murabbiylarning tezroq sog‘ayib ketishini tilab qolamiz», dedi u.
Uning ta’kidlashicha, davlat rahbari Olimpiya o‘yinlari sovrindorlarini albatta qabul qiladi. Yig‘ilish avgust oyining oxirida Oqo‘rdada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Qozog‘istonlik sportchilar Parij olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa reytingida 43-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
12:16 / 17.05.2025
To‘qayev tug‘ilgan kunini nishonlamaydi - Oqo‘rda
17:23 / 09.05.2025
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
16:29 / 15.04.2025
Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi
17:19 / 11.04.2025