O‘zbekiston | 21:02 / 15.08.2024
6652
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentdan uchta viloyatga yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Poytaxtni Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari bilan bog‘lovchi qatnovlar amalga oshiriladi.
17 avgustdan boshlab Toshkentdan Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlariga yangi avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Uzautotrans Service korxonasi 17 avgustdan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yo‘nalishida, 22 avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson, Toshkent – G‘uzor – Qamashi yo‘nalishida, 23 avgust kunidan esa Toshkent – Boysun yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshiradi.
Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan yo‘lga chiqadi.
Mavzuga oid
12:20
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024
Toshkentda issiqlik energiyasi va issiq suv tariflari oshiriladi
19:38 / 18.09.2024
Toshkentda o‘ndan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi
18:31 / 18.09.2024