Yevropa Ittifoqi Isroilga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda
Jozep Borrel Isroilning Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi falastinliklarga uyushtirgan hujumini qoraladi.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Isroilning Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi falastinliklarga uyushtirgan hujumini qoraladi. Hujum oqibatida bir nafar falastinlik halok bo‘lgan. Borrel Isroil hukumati a’zolariga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini aydi.
«Biz Falastinning tinch aholisini terror qilishga qaratilgan Jitadagi hujumni qoralaymiz. Kundan kunga deyarli jazosiz qolayotgan isroillik ko‘chmanchilar bosib olingan G‘arbiy sohilda zo‘ravonliklarni avj oldirib, tinchlik uchun har qanday imkoniyatni xavf ostiga qo‘ymoqda», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.
Borrel Isroil hujumati ushbu harakatlarini zudlik bilan to‘xtatishi kerakligini aytib, bosqinchilarning sheriklariga, jumladan, Isroil hukumatining ayrim a’zolariga Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini qo‘llash niyatini ma’lum qildi.
Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi aholi punktiga uyushtirilgan hujum haqida The New York Times gazetasi xabar berdi: yahudiylar ichida yonuvchan modda bor idishlarni otib, uy va mashinalarga o‘t qo‘ygan.
15 avgust kuni YeI diplomatik xizmati «ba’zi isroillik vazirlarni» bosib olingan Sharqiy Quddusning muqaddas joylar status-kvosini buzishga urinayotganini tanqid qilgandi.
Mart oyida Isroil OAV Fransiya va Yevropa Ittifoqining qator davlatlari joriy etgan «tinch boykot» haqida xabar bera boshlagandi. Natijada mamlakatga qurol-yaroq yetkazib berishlar kamaygan, iyul oxirlarida esa Buyuk Britaniyaning yangi leyboristlar hukumati Isroilga qurol yetkazib berishga norasmiy embargo qo‘ymoqchi ekani ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024
AQSh Senati Isroilga qurol yetkazib berishni bloklashni rad etdi
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
19:01 / 19.11.2024