Miyaga o‘rnatilgan yangi neyrochip falaj bemorni «gapirtirdi»
Miya signallarini nutqqa aylantirish texnologiyasi deyarli 100 foiz samarali bo‘lib chiqdi.
Kaliforniya universiteti (AQSh) olimlari real vaqt rejimida miya signallarini nutqqa aylantiruvchi yangi chip ishini namoyish etdi. Reuters xabariga ko‘ra, u Ameotrofik lateral skleroz (ALS) bilan kasallangan 45 yoshli Keysi Harrel nutqini tiklashga yordam berdi.
Ushbu yangi «miya-kompyuter» interfeysi ovozli yordamchi bilan jihozlangan bo‘lib, bemorning ovoziga aniq taqlid qiladi. Bunga Sun’iy intellekt (SI) tomonidan kasallikdan oldin yozib olingan audio namunalarni o‘rganib chiqish natijasida erishilgan.
Birinchi sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, texnologiya miya signallarini 97 foizgacha to‘g‘ri taniydi. Bundan tashqari, dastlabki samaradorlik 99,6 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich neyrochip so‘z boyligini 50 tadan 125 minggacha oshirgandan so‘ng kamaygan. Ammo bu hali ham juda yaxshi ko‘rsatkich, demoqda olimlar.
«Miya-kompyuter» interfeysi o‘tgan yozda Harrel miyasiga implantatsiya qilingan edi. U 256 ta mikroelektroddan iborat.
Bu ALS bilan kasallangan bemorga muloqot qilish qobiliyatini tiklashga yordam bergan yagona miya chipi emas. O‘tgan yili, masalan, xuddi shunday tizim 36 yoshli nemisning ovozini tiklagan edi.
Mavzuga oid
22:16 / 08.11.2024
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi
19:39 / 29.10.2024
Apple M4 chipli yangi iMac kompyuterini taqdim qildi
18:50 / 21.10.2024
Navoiyda havodan suv oluvchi uskuna sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi
22:25 / 20.10.2024