Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amnesty International mojarolar hududiga qurol yetkazib berilishini qoraladi
Dunyoning ba’zi yirik eksportchilari Xalqaro qurol savdosi shartnomasining cheklovchi qoidalarini ochiqchasiga buzmoqda, deya ma’lum qildi AI.
Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Amnesty International (AI) Yaqin Sharq kabi harbiy mojarolar bo‘lgan mintaqalarga qurol-yarog‘ yetkazib berilishining nomaqbulligini ta’kidladi. 19 avgust, dushanba kuni AI vakillari biologik qurollarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va to‘plashni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani kuchaytirish bo‘yicha ishchi guruh majlisida: «Dunyoning ba’zi yirik eksportyorlari Xalqaro qurol savdosi shartnomasining cheklovchi qoidalarini ochiqdan-ochiq buzmoqda», deya ma’lum qildi.
Huquq faollariga ko‘ra, noqonuniy qurol yetkazib berish G‘azo sektori, Sudan, Myanma va boshqa hududlarda katta talafotlarga olib kelgan. AI Xalqaro qurol savdosi shartnomasi 2014 yil dekabrida kuchga kirganidan beri tashkilot jiddiy qonunbuzarliklarga olib kelgan bir qator noqonuniy yetkazib berish holatlarini qayd etganini ta’kidladi.
Qurol savdosi shartnomasiga a’zo bo‘lmaganlar
2013 yil aprel oyida BMT Bosh assambleyasida 150 dan ortiq davlatlar qurol savdosi shartnomasini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ushbu hujjat 2014 yil 24 dekabrda kuchga kirdi. Bugungi kunga qadar 81 davlat unga a’zo bo‘lib, 130 davlat uni imzolagan.
Xususan, Rossiya, Ukraina, AQSh, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Saudiya Arabistoni Xalqaro qurol savdosi shartnomasi ishtirokchisi emas.
Mavzuga oid
15:30 / 20.05.2025
Amnesty International Rossiyada «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi
13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi
18:28 / 15.05.2025
Britaniya va Germaniya hamkorlikda yangi qurol yaratadi
10:19 / 17.04.2025