Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish - mintaqada keskinlikni bartaraf etish uchun asos
G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish mintaqadagi keskinlikni bartaraf etish uchun muhim asosdir, deya ma’lum qildi Misr TIV.
G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish mintaqadagi keskinlikni bartaraf etishning asosidir. Bu haqda Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdulati Fransiya tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne bilan uchrashuvi yakunida aytib o‘tdi.
Uning qayd etishicha, Misr va Fransiya bunday nozik davrda mintaqadagi keskinlikni pasaytirish va vaziyatni yumshatish uchun birgalikda mas’uliyatga egadir.
Bundan tashqari, Misr G‘azo sektorida bilan o‘t ochishni zudlik to‘xtatishni ta’minlash, Isroil hujumlarini to‘xtatish va mintaqaga katta miqdorda gumanitar yordam yetkazishda Fransiya bilan bir xil fikrda.
Misr Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, vazirlar mintaqadagi taranglikni yumshatish yo‘llari, G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish harakatlari va insonparvarlik yordamini ta’minlash masalalarini muhokama qilgan.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025