Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada insoniyatning eng qadimgi taqvimi topildi
Qadimiy Go‘beklitepa shahridagi ulkan tosh ustunlarga o‘yilgan g‘ayrioddiy taqvim asosida quyosh, oy va yulduzlarning joylashuvi kuzatilgan bo‘lishi mumkin.
Turkiyada eng qadimgi quyosh taqvimi topildi, uning yoshi 13 mingda. Bu haqda Arkeonews Edinburg universiteti tadqiqotiga tayanib xabar berdi.
Dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – Go‘beklitepada ulkan tosh ustunlarga o‘yilgan g‘ayrioddiy chizmalar topilgan. Olimlarning fikricha, ular muhim samoviy hodisalarni, jumladan, quyosh, oy va yulduzlarning joylashuvini kuzatuvchi taqvimdir.
Qadimgi Go‘beklitepa shahrining yoshi 12 ming yildan oshadi. Tosh ustunlardagi hayvonlarning suratlari va boshqa mavhum belgilar yangi tadqiqot mavzusi bo‘ldi.
“Turkiyadagi 12 000 yillik Go‘beklitepa arxeologik yodgorligidagi tosh ustunga o‘yilgan belgilar tarixdagi eng qadimiy quyosh taqvimi bo‘lishi mumkin, ular aftidan, kometalarning halokatli zarbasidan xotira sifatida yaratilgan”, — deydi olimlar.
Ekspertlarning fikricha, bu belgilar insoniyat sivilizatsiyasi tarixida muhim burilish yasagan global astronomik hodisani aks ettirishi mumkin.
Go‘beklitepada topilgan taqvim bunga qadar eng qadimiy deb hisoblangan taqvimdan ming yilga “keksaroq”.








Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025