Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil armiyasi zaxiradagi askarlarga safarbarlik e’lon qildi
Bunday qaror «jangchilar yetishmasligi» tufayli qabul qilingan.
Isroil armiyasi zaxiradagi askarlarga majburiy safarbarlik e’lon qildi. Bu Isroil armiyasida «jangchilar tanqisligi» bilan izohlanmoqda, deb xabar berdi Anadolu.
«Mudofaa vaziri (Yoav Gallant) jangchilar yetishmasligi tufayli, avval harbiy xizmatdan ozod qilingan va chaqiruv yoshidagi zaxira askarlariga safarbarlik e’lon qildi», deyiladi armiya xabarida.
Qaror muntazam va zaxira qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligi holatini baholash maqsadida, shuningdek, harbiy xizmatchilar sonini ko‘paytirish rejalari doirasida qabul qilingan.
Armiya tayyorgarlik tugagandan so‘ng, zaxiradagi askarlardan arizalarni qabul qilishni boshlaydi. Harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan shaxslar turli qismlarga taqsimlanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025