Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh kompaniyasi raisi qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQShning Air Producs kompaniyasi boshqaruv raisi, prezidenti va bosh direktori Seyfi Gasemi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
"Vazirlikda Air Producs raisi, prezidenti va bosh direktori janob Seyfi Gasemi bilan uchrashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati energiya tejamkor iqtisodiyotni rivojlantirish hamda eng yaxshi jahon tajribasi va texnologiyalarini jalb etishga bel bog‘lagan.
O‘zbekiston Air Producs kompaniyasining jahon miqyosida top-5 investitsion yo‘nalishlari qatoriga kirib, dunyodagi eng ilg‘or energiya ishlab chiqarish zavodlaridan biriga ega.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
08:42 / 24.04.2025