Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning ATTO kartalaridan Qirg‘izistonda ham foydalanish imkoniyati joriy qilinadi
Shuningdek, Qirg‘iziston aholisi O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab yo‘lkira haqini mahalliy «Tulpor» kartalari bilan to‘lashi mumkin bo‘ladi.
Qirg‘izistonning «Tulpor» kompaniyasi va O‘zbekistondagi yo‘lkira to‘lovining avtomatlashtirilgan tizimi operatori ATTO hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Bishkek shahri ma’muriyatiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd qilinishicha, tez orada Qirg‘iziston aholisi O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab jamoat transporti yo‘lkira haqini mahalliy «Tulpor» kartalari bilan, qo‘shni davlat fuqarolari esa Bishkekda ATTO kartalari orqali to‘lashi mumkin bo‘ladi.
«Ushbu hamkorlik nafaqat transport tizimlarini integratsiyalashuvini tezlashtiradi, balki sayohatni hamma uchun qulayroq qiladi», deyiladi xabarda.
Ikki tizimni birlashtirishga tayyorgarlik jarayoni allaqachon boshlangani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025