Rossiya Mudofaa vazirligi «Belgorod», «Bryansk» va «Kursk» qo‘shin guruhlarini tashkil etdi
Ular «fuqarolar va hududlarni uchuvchisiz uchish apparatlari va boshqa hujum vositalarining hujumlaridan himoya qilish» uchun javobgar bo‘ladi.

Foto: RIA Novosti
Rossiyada «Belgorod», «Kursk» va «Bryansk» qo‘shin guruhlari tuziladi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov chegara hududlari harbiy xavfsizligini muvofiqlashtirish kengashi yig‘ilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu guruhlar qo‘mondonlari va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi vakili «fuqarolar va hududlarni uchuvchisiz uchish apparatlari va boshqa hujum vositalarining hujumlaridan himoya qilish» uchun javobgar bo‘ladi. Bu guruhlarga kim rahbarlik qilishi aniq emas.
2024 yil aprel oyida rus qo‘shinlarining Xarkiv viloyatiga yangi hujumidan so‘ng, Rossiya Qurolli Kuchlari tarkibida «Shimoliy» qo‘shinlar guruhi yaratilgani, ularning tarkibiga «Belgorod», «Kursk» va «Bryansk» guruhlari kirishi haida xabar berilgan edi. Bu uchta tuzilma «chegarani qo‘riqlovchi» guruh ekani aytildi.
Ilgari Mudofaa vazirligi faqat Ukrainada jang qilayotgan rossiyalik qo‘shin guruhlari faoliyati haqida xabar bergan.
Yig‘ilishda Belousov, shuningdek, general-polkovnik Yunus-Bek Yevkurovni Muvofiqlashtiruvchi kengash rahbari o‘rinbosari etib tayinladi va Mudofaa vazirligidan har bir kengash a’zosining mas’uliyat sohalarini taqsimladi.
6 avgustdan beri Ukraina harbiylari Kursk viloyatining chegara hududlarida hujumkor operatsiya o‘tkazmoqda. Mintaqada federal favqulodda holat joriy etildi. 10 avgustdan Kursk, Belgorod va Bryansk viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi amal qilmoqda.
Mavzuga oid

19:11
Istanbulda Rossiya va AQSh muzokaralari yakunlandi

17:05
Abu-Dabida Rossiya va AQSh o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

15:32
Rossiya Ukrainaning chegara hududlarida yangi yurish boshlagan

16:09 / 09.04.2025