Toshkent va Jizzaxda hokim yordamchilari pora bilan ushlandi
Yer olib berish va ishga joylashtirishni va’da qilib, evaziga pora olganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyati va Jizzax viloyatida hokim yordamchilari pora bilan ushlandi, deb xabar berdi DXX.
Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari ko‘magida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
19:18 / 21.11.2024
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
17:26 / 21.11.2024