O‘zbekiston | 20:07 / 21.08.2024
7043
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjon prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarboyjon yetakchilari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

O‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, kooperatsiya loyihalarining yangi portfelini shakllantirish, ishbilarmonlik aloqalarini, shu jumladan hududlararo almashinuvni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya salohiyatini ro‘yobga chiqarish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish va boshqa masalalar diqqat markazida bo‘ladi.

Prezidentlar ikki mamlakat biznesi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarda ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid