Rossiya: Ukraina qurolli kuchlari Bryansk viloyatiga kirishga harakat qildi
Rossiya Telegram-kanallariga ko‘ra, «Ukraina Qurolli kuchlarining 200 ga yaqin jangchisi» Bryansk viloyati chegarasini kesib o‘tishga uringan. Hozir vaziyat barqarorlashdi, deydi mintaqa gubernatori Bogomaz.
21 avgust, chorshanba kuni Ukraina harbiylari Bryansk viloyatining Klimov tumani hududiga kirishga muvaffaqiyatsiz urindi. Bu haqda mintaqa gubernatori Aleksandr Bogomaz o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jang davomida Ukrainaning diversiya-razvedka guruhi o‘qqa tutilgan, ayni damda to‘qnashuv joyida vaziyat barqarorlashgan.
Mash va Shot Telegram-kanallari Ukraina qurolli kuchlari (UQK)ning «200 ga yaqin jangchisi» rossiyalik chegarachilar bilan yarim soatlik jangda «jiddiy yo‘qotishlar»ga uchragan Bryansk viloyati chegarasini kesib o‘tishga uringanini da’vo qilmoqda. Chegarani yorib o‘tishga urinishda, Mash nashriga ko‘ra, Ukraina tomoni uchta piyoda jangovar mashinasi va BREN-2 g‘arb avtomatlaridan foydalangan.
Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumi fonida 9 avgustdan qo‘shni Bryansk va Belgorod viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi amal qilmoqda.
Ukrain tomoni hozircha Ukraina qurolli kuchlarining Bryansk viloyatidagi harakatlariga rasman izoh bermadi. Shu bilan birga, mudofaa vaziri Rustem Umerov 21 avgust kuni Kiyevga kelgan AQSh Kongressi vakillaridan iborat delegatsiya bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘zining Telegram-kanalida «chegara hududlarini Rossiya harbiy tahdidlaridan tozalash» Sumi viloyati hududlariga tutash hududlarda Ukraina harbiylari maqsadlaridan biri ekanini yozdi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024