Shveytsariya Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketiga qo‘shildi
Avvalroq Shveytsariya 69 kishi va 47 tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Yangi chora-tadbirlar orasida rus olmoslari savdosiga qo‘yilgan taqiqlarni aniqlashtirish bor.
Shveytsariya federal kengashi Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari 14-paketiga qo‘shilish haqida qaror qabul qildi. Tegishli bayonot 21 avgust, chorshanba kuni Shveytsariya hukumati saytida paydo bo‘ldi. Cheklovlar 27 avgustdan kuchga kiradi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan harbiy hujumiga javoban Rossiya Federatsiyasiga qarshi 14-sanksiya paketi 24 iyun kuni Yevropa Ittifoqi tomonidan nihoyat tasdiqlandi. Bu, xususan, Rossiyaning suyultirilgan gaz sanoatiga qarshi choralar va Yevropa kompaniyalarining uchinchi mamlakatlardagi shu’ba korxonalari tomonidan sanksiyalarni chetlab o‘tishni o‘z ichiga oladi. Cheklovlar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining 116 jismoniy va yuridik shaxslarini, jumladan qo‘shiqchi Yaroslav Dronov (Shaman), aktyor Ivan Oxlobistin, «Uralskiye avialinii» va Qrimda joylashgan «Artek» xalqaro bolalar markazini o‘z ichiga oldi.
Avvalroq, 9 iyul kuni Shveytsariya 69 kishi va 47 tashkilotni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Shveytsariya kompaniyalarining Rossiya Federatsiyasidagi faoliyatini qonuniy ravishda to‘xtatish maqsadida Rossiya olmoslari savdosiga qo‘yilgan taqiqlarga aniqlik kiritish va Rossiyadan investitsiyalarni olib chiqish uchun ruxsatnomalarni berish muddatlarini uzaytirish yangi choralar ro‘yxatiga kiritilgan.
Mavzuga oid
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
17:47
Kreml Rossiyaga migrantlar nima uchun kerakligini tushuntirdi
15:31
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
13:32