Ukraina Murmansk viloyatiga dronlar bilan hujum qildi
Rossiyalik harbiy blogerlarning yozishicha, Ukraina qurolli kuchlari dronlari Murmansk viloyati shimolidagi Visokiy posyolkasigacha yetib borgan.
Ukraina qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari Murmansk viloyati hududiga hujum qildi. Bu haqda 21 avgust, chorshanba kuni mintaqa rahbari Andrey Chibis o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada «xavfsizlikni yaxshilash uchun barcha zarur choralar» ko‘rilgan.
Telegram-kanallar: Harbiy aerodromga hujum qilindi
VChK-OGPU Telegram-kanali Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida qatnashgan aviatsiya joylashgan Visokiy posyolkasi yaqinidagi «Olenya» harbiy aerodromi yaqinida Ukraina uchuvchisiz uchog‘i urib tushirilganini ma’lum qildi.
Navalniyning mahalliy shtabi sobiq koordinatori Violetta Grudina, o‘z navbatida, dron yo‘q qilinishi tasvirlangan videoni e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, video 19 avgust kuni yozib olingan va Murmansk viloyati to‘rt kundan beri hujum ostida.
Rosaviatsiya, shuningdek, Murmansk va Apatiti aeroportlari faoliyatini vaqtincha chekladi.
Ukraina «Olenya» aerodromiga hujum uyushtirilganini e’lon qilgan
2024 yil iyul oyi oxirida Ukraina ommaviy axborot vositalari maxsus xizmatlardagi manbalarga tayanib, Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi («GUR») uchuvchisiz uchoqlari tomonidan Murmanskdagi «Olenya» harbiy aerodromiga hujum qilingani haqida xabar berdi. Unda uzoq masofali strategik bombardimonchi-raketa tashuvchisi Tu-22M3 shikastlangan.
Keyinroq Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov hujum natijasida ikki rus harbiy samolyoti zarar ko‘rganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
09:53 / 20.11.2024
Voronej yaqinidagi sanoat korxonasiga dronlar hujum qildi
13:18 / 19.11.2024
O‘quvchilar o‘rtasida kibersport va dronlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi
10:47 / 11.11.2024
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
10:58 / 07.11.2024