Jamiyat | 07:52 / 20.04.2024
14637
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p hudud ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda hududlar kesimida doimiy aholi soni haqida ma’lumot berildi. 

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yil 1 aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 million kishini tashkil etgan.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 4,2 mln kishi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlarda quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Farg‘ona viloyati – 4 mln kishi;
  • Qashqadaryo viloyati – 3,5 mln kishi;
  • Andijon viloyati – 3,4 mln kishi;
  • Namangan viloyati – 3 mln kishi;
  • Toshkent viloyati – 3 mln kishi;
  • Toshkent shahri – 3 mln kishi.
  • Surxondaryo viloyati – 2,8 mln kishi;
  • Buxoro viloyati – 2 mln kishi;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2 mln kishi;
  • Xorazm viloyati – 2 mln kishi;
  • Jizzax viloyati – 1,5 mln kishi;
  • Navoiy viloyati – 1 mln kishi;
  • Sirdaryo viloyati – 917,9 ming kishi.

Mavzuga oid