O‘zbekiston | 13:05 / 24.08.2024
10287
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Nukusda «Oq qush» majmuasidagi o‘tov dunyodagi eng katta o‘tov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.

Foto: Uzbektourism

Turizm qo‘mitasi xabariga ko‘ra, “Oq qush” majmuasida barpo etilgan dunyodagi eng katta diametrli qoraqalpoq xalqining milliy qora uyi (o‘tov) Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Mazkur o‘tovning diametri 40,5 metrdan iborat.

22 avgust kuni ushbu majmuada Ginnes rekordlar kitobi sertifikatining tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda prezident maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev, davlat idoralari rahbarlari, mahalliy yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Mavzuga oid