Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi.
"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.
Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish bo‘yicha idoralararo komissiyani shakllantirish tartibi va uning vazifalari;
- komissiyaga murojaat qilish shakli va tartibi;
- arizani ko‘rib chiqish tartibi.
Ariza komissiya tomonidan kelib tushgan kundan boshlab 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Agar murojaatda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish uchun boshqa tashkilot vakillarini jalb qilish, bevosita joyida o‘rganish, boshqa tegishli hujjatlar va materiallarni olish talab etilsa, uni ko‘rib chiqish muddati yana 15 ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
17:27 / 05.05.2025
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi
16:10 / 05.05.2025