Rossiya hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Kecha, 25 avgust kuni 9 nafar bola, undan avval 22 nafar bola (13 nafari - Sankt-Peterburgdan, 9 nafari - Moskvadan, 8 nafari - Novosibirskdan, 1 nafari - Qozondan) IIV vakillari tomonidan qaytarildi.
Shu kunlarda RFning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) o‘zining xorijiy hamkasbi - Rossiya Federatsiyasi bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralari ko‘rilayotganligi, O‘zbekiston mas’ul idoralari vakillari tomonidan bolalar vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.
O‘zbekiston bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, RF bolalar ombudsmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatilgan va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlangan.
Kecha, 25 avgust kuni 9 nafar bola, undan avval 22 nafar bola (13 nafari - Sankt-Peterburgdan, 9 nafari - Moskvadan, 8 nafari - Novosibirskdan, 1 nafari - Qozondan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan yurtga qaytarildi.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi tezkor hamkorligi uchun RF bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi va o‘zaro konstruktiv hamkorlik davom etishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
16:43 / 21.11.2024
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39 / 21.11.2024
So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti
22:12 / 20.11.2024