Jahon | 20:34 / 29.08.2024
5742
2 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» Markaziy Osiyo mintaqasiga gaz yetkazib berish hajmini ikki barobar oshirdi

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi eng yuqori sur’atlarda davom etmoqda.

Foto: AFP

«Gazprom» Markaziy Osiyo mintaqasiga gaz yetkazib berishni ikki barobarga oshirdi, 2024 yilning dastlabki 8 oyi uchun bunday ma’lumotlar «Gazprom» boshqaruvi raisi Aleksey Millerning konferensiya yig‘ilishida keltirildi, deb xabar berdi «Interfaks».

«Biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqdamiz. Bu mamlakatlarda energiya iste’moli juda yuqori sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bu respublikalar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan juda jadal rivojlanmoqda. Bu esa biz uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Faqat yanvar-avgust oylarida, sakkiz oy ichida biz bu hududga gaz yetkazib berishni ikki baravar oshirdik», dedi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi eng yuqori sur’atlarda davom etmoqda.

«Hozir biz O‘zbekistonga gaz ta’minoti «O‘rta Osiyo – Markaz» gaz quvuri orqali o‘tgan qish mavsumida yetkazib berganimizdek maksimal darajada amalga oshirilmoqda», dedi u.

Miller Qirg‘izistondagi ishlarga alohida e’tibor qaratdi. «Gazprom Qirg‘iziston» kompaniyasi tashkil etilganidan buyon o‘tgan 10 yil davomida mamlakatda gazlashtirish darajasi ikki baravar oshdi», dedi u.

2023 yil oktyabr oyida Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish boshlandi. Mintaqa davlatlari bilan strategik hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. «Gazprom» mintaqaga uzoq muddatli ta’minotni Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid