Pavel Durov garov puli evaziga ozod etildi. Unga Fransiyani tark etish taqiqlandi
Parij prokuraturasi Telegram asoschisiga nisbatan uyushgan jinoyatchilikka aloqadorlik bo‘yicha bir qator ayblovlarni e’lon qildi.
Telegram asoschisi Pavel Durovga nisbatan uyushgan jinoyatchilikka aloqadorlik bo‘yicha bir qator ayblovlar e’lon qilindi. Bu haqda Parij prokuraturasining press-relizida so‘z boradi.
Durov sud nazorati ostida ozod etildi, lekin u Fransiyani tark etmasligi kerak. Shuningdek, Durov 5 million yevro garov puli qo‘yishi va haftasiga ikki marta politsiyaga kelib turishi zarur bo‘ladi.
Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Ikki kundan keyin Parij prokuraturasi Durov noma’lum shaxslarga qarshi jinoiy tergov doirasida 12 ta jinoyat, jumladan vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishni rad etish, shuningdek, pornografiya, giyohvand moddalar va hakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish bo‘yicha qo‘lga olinganini e’lon qildi.
Durovga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, Telegram ko‘p yillar davomida platformada noqonuniy kontent tarqalishi oldini olish uchun rasmiylar bilan hamkorlikni talab qiluvchi huquq-tartibot idoralarining chaqiruvi va sud qarorlariga e’tibor bermagan.
Avvalroq Irina Bolgar ismli ayol Telegram asoschisi Pavel Durovni farzandiga nisbatan «jismoniy zo‘ravonlik ishlatganlikda» ayblab, Shveytsariya sudiga da’vo arizasi kiritgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bolgar o‘z da’vosiga isbot sifatida tergovga Durov bilan yozishmalari va shifokor tomonidan 2023 yil aprelda yozilgan ma’lumotnomani ko‘rsatgan. Hujjatda bolaning uyqusi buzilib, bezovtaligi ortgani qayd etilgan.
Mavzuga oid
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi
19:23 / 02.11.2024
Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi
19:06 / 01.11.2024