Jahon | 00:03 / 30.08.2024
3567
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Osiyoda birinchi bo‘lib iqlim to‘g‘risidagi qonun konstitutsiyani buzayotganini tan oldi

Mamlakat Konstitutsiyaviy sudi uglerod neytralligi borasidagi milliy qonun bazaviy inson huquqlariga zidligi to‘g‘risida qaror chiqardi.

Foto: Getty Images

Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha hukumat tomonidan tasdiqlangan rejalar asosiy qonunga mos kelmasligini ma’lum qildi. Osiyo davlatlari orasida bu kabi sud qarori birinchi marta qabul qilinmoqda, deb yozadi Yonhap agentligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud uglerod neytralligi borasidagi milliy qonun bazaviy inson huquqlariga zidligi to‘g‘risida qaror chiqargan.

Respublika hukumati 2030 yilga borib atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid gazi miqdorini 20218 yilga nisbatan 40 foizga qisqartirishga va’da bergan, biroq 2031 yildan 2049 yilgacha bo‘lgan davr uchun maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilamagan. Mamlakat oliy sud instansiyasining fikricha, Janubiy Koreya hukumati iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash borasida yetarlicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasdan, inson huquqlarini buzmoqda.

Agentlikning qayd etishicha, sud o‘z qarorini faollar tomonidan kiritilgan shikoyatlarga asoslanib qabul qilgan. Da’vogarlarning hisoblashicha, 2030 yilgacha ham zararli gazlar chiqarilishiga qarshi kurashish maqsadlari ham yetarli emas, biroq sudyalar ushbu e’tirozlarga qo‘shilmagan.

Ta’kidlanishicha, endi respublika hukumati va Milliy yig‘in (parlament) 2026 yil 28 fevralga qadar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha qat’iy choralarni qabul qilishi lozim.

Mavzuga oid