Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyada Parij olimpiadasida ishtirok etgan marafonchi sevgan yigiti tomonidan yoqib yuborildi
Olimpiada o‘yinlarida ayollar marafoni finalida qatnashgan Cheptegeining sevgan yigiti kanistrda benzin ko‘tarib, uning uyiga bostirib kelgan. O‘zaro mojaroga «yer borasidagi kelishmovchilik» sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Parijda o‘tkazilgan olimpiada o‘yinlarida ayollar marafoni finalida ishtirok etgan ugandalik sportchi Rebekka Cheptegei yigit ustiga benzin sepib, yoqib yuborganidan uch kun o‘tib, shifoxonada vafot etdi. Bu haqda respublika Yengil atletika federatsiyasi xabar berdi.
Sportchining sevgan yigiti Dinson Ndiyema 1 sentabr kuni uning Keniyadagi uyiga kanistrda benzin ko‘targan holda bostirib kirgan. CNN’ning yozishicha, o‘zaro mojaroga «yer borasidagi kelishmovchilik» sabab bo‘lgan.
Cheptegei tanasining 75 foiz qismi kuyishi bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Ndiyema ham kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib kelingan, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, uning ahvoli «yaxshi va barqarorlashmoqda».
Uganda federatsiyasi Cheptegei oiladagi zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini aytmoqda. Federatsiya bunday harakatlarni qoralab, adolat o‘rnatilishini talab qildi. Uganda Olimpiya qo‘mitasi rahbari Donald Rukare Cheptegeiga uyushtirilgan hujumni «buyuk sportchining o‘limiga olib kelgan qo‘rqoq va bema’ni harakat», deb atadi.
33 yosh Cheptegei olimpiada marafonida qatnashib, finishga 44-bo‘lib yetib kelgandi. Reuters agentligining yozishicha, Cheptegei 2021 yil oktyabrdan beri Keniyada o‘ldirilgan uchinchi sportchi. Oldingi ikki holatda ham qotillikda gumonlanganlar sportchilarning tanishi bo‘lgan.
Hukumat tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda Keniyada 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayol va qizlarning 34 foizi jismoniy zo‘ravonlikka uchragan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
00:31 / 24.04.2025
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
20:00 / 16.04.2025
Keniyada 5 mingta chumolini to‘plagan belgiyalik o‘smirlar hibsga olindi
11:40 / 15.03.2025