Britaniya O‘zbekistonda transport loyihalarini rivojlantirishga qiziqish bildiryapti
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Britaniya elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elchi Britaniyaning O‘zbekiston bilan transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, infratuzilma, avtomobil va temiryo‘l transporti sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, mamlakatning eng yirik kredit agentliklaridan biri UK Export Finance ishtirokida Turkiya va Janubiy Koreyaning transport loyihalarini moliyalashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Vazir Ilhom Mahkamov Britaniya bilan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, Transport universiteti bilan qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil etish, shuningdek, aviareyslarni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirishni ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum loyihasini ishlab chiqish hamda qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
10:30
O‘zbekiston va Britaniya bo‘lajak diplomatlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilishi mumkin
22:48 / 18.09.2024
Britaniyada kapalaklar kamayib ketayotgani tufayli «favqulodda holat» e’lon qilindi
13:12 / 18.09.2024
Buyuk Britaniyada qirollik fermasi uchun cho‘pon qidirilmoqda
13:20 / 16.09.2024