O‘zbekiston | 16:13 / 08.09.2024
10434
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 8 sentabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Qozog‘iston poytaxtida davlat rahbari beshinchi Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari – YuNeSKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan etnik sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ta’kidlash joizki, ushbu sport tadbirida dunyoning 90 ga yaqin davlatidan 2 mingdan ziyod sportchi, jumladan, O‘zbekiston jamoasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:30
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
22:35 / 19.09.2024
«Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshiriladi
22:32 / 19.09.2024
Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqildi
22:30 / 19.09.2024