Sirdaryoda 6 ta avtomobil to‘qnashdi
Yo‘l-transport hodisasida jarohat olganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
8 sentabr kuni soat 18:00 larda, Sirdaryo viloyati, Oq oltin tumani, «Yangi davr» mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida bir necha avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Sirdaryo viloyati YHXB xabariga ko‘ra, «Gentra» rusumli avtomobil tartibga solingan piyodalar svetoforida to‘xtagan. Shunda uning orqa tomonidan oraliq masofani saqlamagan holda kelgan 5 ta avtomobil bir-biriga urilgan
Oqibatda, barcha 6 ta transport vositasi texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.
Hodisa yuzasidan Oq oltin tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:48 / 19.09.2024
Jizzaxda boshqaruvni yo‘qotgan “Lasetti” pastlikka ag‘darildi
14:00 / 18.09.2024
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:30 / 17.09.2024