Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya Vengriyaning migrantlarni Bryusselga yuborish niyatini «provokatsiya» deb atadi
Belgiya hukumati Vengriyaning 200 million yevro jarimaga javoban noqonuniy migrantlarni avtobuslarda Bryuselga yuborish rejasiga norozilik bildirdi.
Belgiya hukumati Vengriyaning 200 million yevro jarimaga javoban noqonuniy migrantlarni avtobuslarda Bryuselga yuborish rejasiga norozilik bildirdi. Jarima iyun oyida Yevropa sudi tomonidan qo‘llangan edi va Budapesht uni to‘lashdan bosh tortmoqda.
«Ushbu bayonot Yevropa majburiyatlariga zid provokatsiyadir. Migratsiya siyosati — bu barcha a’zo davlatlar tomonidan tartibli va birlashgan holda hal qilinishi kerak bo‘lgan umumiy muammodir», — deydi Belgiya tashqi ishlar vaziri Xaja Laxbib.
Boshpana va migratsiya bo‘yicha davlat kotibi Nikol de Moor muhojirlar yuborilgudek bo‘lsa, Belgiya «bunday tarzda foydalanilayotgan migrantlar oqimining» mamlakatga kirishini ta’minlamasligi haqida ogohlantirdi.
«Vengriyaning o‘zboshimchalik va maslahatlashuvlarsiz Bryusselga migrantlarni yuborish borasidagi tahdidi Yevropa institutlari hamda umumiy siyosatga hurmat yo‘qligini ko‘rsatmoqda», — deydi de Moor.
Davlat kotibi Belgiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakiliga vengriyalik hamkasbi bilan ushbu masalani muhokama qilishni topshirdi. Bryussel shahri meri Filipp Kloze ham shuningdek, Budapeshtning ushbu bayonotini qoraladi va mamlakat bosh vaziridan «avtobuslarni chegarada to‘xtatib qo‘yishni» talab qildi.
Vengriya hukumati Suriyadagi mojarolar oqibatida 2015 yilda Yevropa davlatlariga 1 milliondan ortiq muhojir kirib kelganidan keyin migratsiya borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirdi. Mamlakat Serbiya va Xorvatiya bilan chegaraga tikonli simlar o‘rnatdi, shuningdek, Serbiya bilan chegarada boshpana so‘rab murojaat qilganlar uchun ikkita tranzit zona qurdi.
Yevropa Ittifoqi esa Vengriyaning boshpana berish borasidagi qattiq siyosatidan norozi bo‘lib, suddan Budapeshtni jarimaga tortishni so‘ragan edi.
Mavzuga oid
15:12 / 26.05.2025
1 sentabrdan Moskva va Moskva viloyatidagi migrantlar geolokatsiya bo‘yicha kuzatib boriladi
09:39 / 25.05.2025
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
22:47 / 20.05.2025
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin
22:06 / 20.05.2025