Botir Qodirov sudda yutdi. Sud uni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘qildi. Sud xonanda Botir Qodirovning da’vo arizasini qanoatlantirib, marhum Sherali Jo‘rayevning unga nisbatan otalik faktini belgiladi. Aka-uka Jo‘rayevlar esa hal qiluv qarori g‘ayriqonuniy ekanini aytmoqda.

Foto: Kun.uz
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilash haqidagi da’vosi yuzasidan sud qarori o‘qildi. Sud Botir Qodirovni Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li deb topdi.
“Botir Qodirovning javobgarlar Jo‘rayev Shoxjahon Sherali o‘g‘li va Jo‘rayev Zohirshox Sherali o‘g‘liga nisbatan otalik faktini belgilash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirilsin. Marhum, 2023 yil 4 fevralda vafot etgan Sherali Jo‘rayev 1981 yil 5 mayda tug‘ilgan Qodirov Botir Sheraliyevichga nisbatan otalik fakti belgilansin”, deya sud qarorini o‘qigan ishni ko‘rgan sudya.
Shuningdek, qarorda Botir Qodirovning Andijon shahar FHDYo bo‘limida 1983 yil 11 mart 12-son bilan qayd etilgan tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi ota ustuniga “Sherali Jo‘rayev, 1945 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek” deb ko‘rsatish ham belgilangan.
Sudning hal qiluv qarori 1 oydan so‘ng kuchga kiradi. Qarordan norozi taraflar apellyatsiya shikoyati berishi mumkinligi aytilgan.
Kun.uz Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li Zohirshox Jo‘rayev bilan bog‘lanib, sud qaroriga nisbatan munosabatini so‘radi. Xonanda hal qiluv qarori g‘ayriqonuniy ekanini, dalil va isbotlar yetarli bo‘lmay turib, bunday qarorga kelinganini, shu bois uning ustidan apellyatsiya shikoyati kiritilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

08:54 / 17.04.2025
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi

13:30 / 16.04.2025
Moskva sudi «jurnalistlar ishi» bo‘yicha hukm chiqardi

14:36 / 01.04.2025
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

18:15 / 28.03.2025