Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
Bezori erkak namozdan keyin Dushanbe shahridagi markaziy masjid yaqinida ulamolar raisiga sanchuvchi-kesuvchi qurol bilan jarohat yetkazgan.
Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Saidmukarram Abduqodirzoda masjid yaqinida hujumga uchradi. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar berdi.
«Bugun soat 17:20 da bezori bir erkak namozdan keyin Dushanbe shahridagi markaziy masjid yaqinida ulamolar raisiga sanchuvchi-kesuvchi qurol bilan jarohat yetkazib, jamoat tartibini buzdi», — deyiladi xabarda.
Gumonlanuvchi shaxs ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan zudlik bilan qo‘lga olingan. Abduqodirzoda yengil tan jarohati olgan va shifokorlar tekshiruvidan keyin unga uyiga ruxsat berilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Saidmukarram Abduqodirzoda —1963 yilda Ko‘lob viloyatida tug‘ilgan, 2010 yildan beri Tojikiston muftiysi lavozimida faoliyat yuritib keladi, falsafa fanlari nomzodi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024