O‘zbekiston va Turkiya TIV, IIV va xavfsizlik idoralari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi
Ilk marta bunday formatda o‘tkazilgan muzokaralarda Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni institutsionallashtirish maqsadida «Yo‘l xaritasi» imzolandi.
12 sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar vazirlari hamda xavfsizlik xizmati rahbarlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tarafda tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizovlar qatnashgan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka tashkiloti direktori Ibrahim Kalin uch tomonlama formatdagi muzokaralarning mehmoni bo‘lgan.
Uchrashuvda mintaqaviy muammolar bilan bir qatorda terrorizm va ekstremizm, tartibsiz migratsiya va kontrabandaga qarshi birgalikda kurashish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, muzokaralar yakunida ikki davlat o‘rtasidagi aniq hamkorlikni institutsionallashtirish va tizimli davom ettirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolandi.
«Yo‘l xaritasi» siyosiy hamkorlik va parlament diplomatiyasi sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq qadamlar: savdo, iqtisodiyot va investitsiyalar, mudofaa, xavfsizlik va ichki ishlar hamda madaniy-gumanitar sohalarni o‘z ichiga oladi, deyiladi Turkiya TIV xabarida.
Avvalroq, Toshkentda Turkiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar berilgan edi.
Turkiya rasmiy doiralari bugun, shuning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilarining qarorlarini amalga oshirish, xavfsizlik uchun zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda o‘zaro muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
18:09 / 05.11.2024
Turkiya Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
09:50 / 04.11.2024
Turkiya TIV rahbari: Ukraina yaxlitligi tinchlikning shartidir
10:30 / 02.11.2024