Toshkentda yosh ishchini kaltaklagan do‘kon xodimiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
Xodim ishchini xato qilgani uchun urgani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

Foto: IIBB
Toshkentdagi Inbazar do‘konida yosh ishchini urgan va haqorat qilgan xodimga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 13 sentabr kuni Sergeli tumanida joylashgan savdo majmualarining birida ishlovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006 yilda tug‘ilgan M.T.ni urgan. Ushbu holat savdo majmuasining boshqa xodimi - 1998 yilda tug‘ilgan X.E. tomonidan videotasvirga olingan. Biroq, fuqaro M.T. mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi («Mayda bezorilik») alomatlari bilan hujjat rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid

21:27 / 12.03.2025
Toshkentda havo tozaligini nazorat qiluvchi ikkita stansiya o‘rnatildi

16:46 / 12.03.2025
Toshkentdagi ko‘pqavatli uyda odamlar liftda qamalib qoldi

15:33 / 12.03.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi

08:02 / 12.03.2025