Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
Futzal bo‘yicha davom etayotgan 2024 yilgi jahon chempionatining 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Paragvayga yutqazdi.
Paragvayliklar birinchi bo‘limda darvozamizga ikkita gol urgan bo‘lishsa, ikkinchi bo‘limda hisobni 4:0 ga yetkazishdi. 36-daqiqada Husniddin Nishonov hisobni biroz qisqartira oldi, xolos – 1:4.
Shu tariqa, Paragvay 6 ochko bilan guruhdan peshqadam sifatida keyingi bosqichga yo‘llanma olishni naqd qildi. O‘zbekiston hisobida 1 ochko bo‘lsa, Niderlandiya 2 ochkoga ega, Kosta-Rikada bir ochko mavjud. Xose Venansio Lopes shogirdlari 3-turda 20 sentabr kuni Kosta-Rikaga qarshi parketga tushadi. Vakillarimizda keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat saqlanib turibdi.
«A» guruhi. 2-tur
O‘zbekiston – Paragvay – 1:4
Gollar: Xorxe Espinosa 16 (0:1), Arnaldo Bayes 17 (0:2), Fransisko Martines 24 (0:3), Adolfo Salas 26 (0:4), Husniddin Nishonov 36 (1:4).
O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Ahmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.
Paragvay: 12.Giovanni Gonsales, 4.Emerson Mendes, 7.Adolfo Salas, 10.Arnaldo Bayes, 11.Fransisko Martines.
Zaxira: 1.Igor Insfran, 2.Alan Roxas, 3.Damyan Maresko, 5.Marsio Ramires, 6.Lukas Suares, 8.Pedro Paskottini, 9.Ugo Martines, 13.Aldo Amarilya, 14.Xorxe Espinosa.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
15:16 / 25.03.2025