Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi
Ko‘cha bo‘ylab yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Bobur ko‘chasi va Shota Rustaveli ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu sababli 18 sentabrdan 15 oktyabrga qadar ko‘chaning ushbu qismida avtomobillar harakati cheklanadi.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

11:37 / 22.04.2025
Toshkentdagi O‘zbekiston ovozi ko‘chasining bir qismi 30 maygacha yopiladi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

21:12 / 18.04.2025