Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
Implant hatto ikkala ko‘zi va ko‘rish nervini yo‘qotgan yoki tug‘ilgandan beri umuman ko‘rmaganlarga ham yordam berishi ta’kidlanmoqda.
Ilon Maskning Neuralink startapi ko‘zi ojiz odamlarga ko‘rish imkonini beruvchi Blindsight deb nomlangan eksperimental implantni taqdim etdi, deb yozdi Reuters. Qayd qilinishicha, implant hatto ikkala ko‘zi va ko‘rish nervini yo‘qotgan yoki tug‘ilgandan beri umuman ko‘rmaganlarga ham yordam beradi.
«Miyaning ko‘rish qobig‘i shikastlanmagan bo‘lsa, implant tug‘ilgandan beri ko‘r bo‘lganlarga ham yordam beradi», dedi Neuralink asoschisi Ilon Mask.
Implant allaqachon AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika nazorati idorasidan (FDA) ruxsat olgan: u «o‘ta muhim qurilma» sifatida tan olingan. Endi Neuralink implantni insonlarda sinab ko‘rishi mumkin bo‘ladi, kompaniya allaqachon arizalarni qabul qila boshlagan.
Maskning ta’kidlashicha, dastlab Blindsight tasvir sifati past bo‘ladi - taxminan Atari konsollaridagi grafikalar bilan bir xil. Ammo kelajakda ular tasvirni yaxshilaydi, shuningdek, infraqizil, ultrabinafsha yoki hatto radar to‘lqin uzunligi diapazonida ko‘rish qobiliyatini qo‘shadi.
Avvalroq, Neuralink falaj bo‘lgan odamlarga fikr kuchi bilan elektron qurilmalardan foydalanish imkonini beruvchi implantni taqdim qilgan edi. Avgust oyida shunday bemorlardan biri implant yordamida Counter-Strike 2 o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025